Материал: Презентация №1

Внимание! Если размещение файла нарушает Ваши авторские права, то обязательно сообщите нам

O.Kont – sotsiologiya fanining otasi

}A.Svinglvud, X.Moss, X.Yoas, V.Knyobl, L.A.Kozer, J.Ritser, G.V.Osipov, V.G.Zdravomislov, S.S.Novikova, G.Y.Zborovskiy, I.S.Bondarenko kabi ko‘pchilik mutaxassislar sotsiologiya fanining shakllanishi tarixini O.Kont nomi bilan bog‘laydilar.

G.Y.Zborovskiy

G.Y.Zborovskiy ham shunday fikr tarafdorlaridan biri bo‘lsada, mabodo sotsiologiyaning Kontgacha bo‘lgan asoschisi haqida gap ketadigan bo‘lsa, unda yana bir fransuz mutafakkiri K.A. de Sen-Simonni munosib, deb bilishini ta'kidlab o‘tgan. Bunga u A.Sen-Simonning qarashlari 1817-1824 yillarda uning shaxsiy kotibi sifatida faoliyat yuritgan.

O.Kontning fikrlari shakllanishiga katta ta'sir ko‘rsatganligini asos qilib oladi. Sen-Simonning «Inson xaqidagi fan ocherki» kitobining (1813) nashr etilishi ma'lum ma'noda sotsiologiya fani to‘g‘risidagi fikrlar rivojlanishida kattta o‘rin tutgan. Unda Sen-Simon kuzatish usuliga asoslangan inson haqidagi fanni yaratish lozimligi haqidagi fikrlarini bayon etgan. Sen-Simon ta'kidlashicha, inson haqidagi fan pozitiv bo‘lishi, kuzatishga asoslanishi va boshqa bir qator fizikaviy usullarga tayanishi lozim edi.

J.Ritser “Sotsiologik nazariyalar” kitobida:

}«Ilk davrlardan ijtimoiy hayot haqida fikr yuritganlar va nazariyalar ishlab chiqqanlar. Lekin biz qadimgi va o‘rta asrlar haqida bosh qotirmaymiz. Biz hatto XVII asrga ham bormaymiz, vaholanki Olson sotsiologik an'analarni 1600-yillar o‘rtalaridan izlagan va Jeyms Xarringtonning iqtisod va davlat o‘rtasidagi munosabatlar haqidagi ishigacha yetib borgan. Bu o‘sha davrlarda sotsiologiyaga oid fikrlarning bo‘lmaganligini emas, balki bizning tadqiqotlarimiz ahamiyatli natijalar olib kelmasligi mumkinligi bilan tushuntiriladi.

}Zamonaviy sotsiologiyaga mos keladigan bir nechtagina g‘oya uchun vaqt ketgazish kerak bo‘lardi. Shuni unutmaslik kerakki, bu davrlardagi birorta mutafakkir o‘zini sotsiolog deb hisoblamagan. Ularning ko‘pchiligini hozirgi kunda “sotsiolog” deb ataydilar (Munozara uchun Ibn-Xoldunning hayotini ko‘rib chiqing). Faqatgina 1800-yillarda qat'iy ishonch bilan sotsiolog deb atash mumkin bo‘lgan mutafakkirlar paydo bo‘ldi»

Xulosa

}Shuning uchun sotsiologiya fanining tarixini jamiyat to‘g‘risidagi qarashlar tarixi bilan emas, balki dolzarb ijtimoiy muammolar va ularning yechimini topish masalasi tarixi bilan bog‘lab o‘rganishimiz lozim

«Sotsial fiziologiya» yoki «sotsial fizika»?

}«Jamiyatni qayta tashkil etish uchun zaruriy ilmiy ishlar rejasi»ni tuzish asnosida (1822) Sen-Simon va Kontda tabiatshunoslik fanlaridagi kabi ob'ektiv kuzatishlarga asoslangan jamiyat to‘g‘risidagi o‘ziga xos fanni yaratish g‘oyasi tug‘ildi. A.Sen-Simon uni «sotsial fiziologiya», O.Kont esa «sotsial fizika» deb nomlash taklifi bilan chiqdilar

sotsial fiziologiya

sotsial fizika

Источник: https://studfile.net/preview/16405882/