Материал: Презентация №1

Внимание! Если размещение файла нарушает Ваши авторские права, то обязательно сообщите нам

Tabiiy-ilmiy omillar:

}XIX asrning o‘rtalariga kelib matematika, astronomiya, fizika, mexanika fanlari rivojlangan

}Biroz keyinroq biologiya fani rivojlangan:

}nemis olimlari T.Shvann va Y.Shleyden tomonidan hujayra nazariyasi,

}keyin esa – Angliyalik tabiatshunos olim Ch.Darvin tomonidan evolyusion nazariyasi ishlab chiqilgan.

Klod Anri de Ruvrua Sen-Simon (1760-1825)

}K.A.Sen-Simon tomonidan jamiyat va odam haqidagi pozitiv bilimlar g‘oyasi ilgari surilishi davomida bilimlarning faqat o‘xshash usullari yordamida qo‘lga kiritilishi mumkinligi haqida fikr ta'kidlanishi ham tasodif emas.

}Keyinroq bu g‘oya to‘liq holatda O.Kont tomonidan ilgari surilgan fikrlarda o‘z aksini topgan.

Ijtimoiy tafakkurning konservativ va liberal yo‘nalishni

}Konservativ yo‘nalish – Fransiyalik D. de Mestr

}Liberal yo‘nalish – Angliyalik I.Bentam, J.S.Mill

Utopik sotsializm va uning g‘oyalari

}Bu yo‘nalishning yirik vakillaridan biri – fransiyalik faylasuf Sen-Simon hisoblanib, uning fikrlari Kont sotsiologiyasi uchun asos sifatida xizmat qiladi

}ishonch va e'tiqod masalasi Fransiyada Uyg‘onish davrida faoliyat olib borgan ko‘pgina faylasuflar fikrlarida o‘z ifodasini topadi, jumladan bu yo‘nalishdagi qarashlar Sh.Monteskye va J.Kondorse ilgari surgan g‘oyalarda mujassamlashtirilgan

G‘oyaviy-nazariy asoslar:

}XVIII asrning oxirlariga kelib «tabaqa» tushunchasi o‘rniga «sinf» tushunchasining ishlatilishi

}Fransiyada «sinfiy kurash» tushunchasi (O.Terri, F.Gizo, O.Mine)

}Sotsiologik fikrlar tarixida fuqarolik jamiyati, jumladan uning eng avvalo – demokratik ko‘rinishdagi namoyon bo‘lish shakli haqidagi tavsiflar

}Buyuk nemis faylasufi – Gegel fuqarolik jamiyatini bir butun yaxlitlik (birorta individ yakka tartibda boshqalarisiz bir butunlikni tashkil eta olmaydi) sifatida ham, qarama-qarshi, ayrim holatlarda bir-biriga zid manfaatlarning birligi sifatida ham qarab o‘tgan

Источник: https://studfile.net/preview/16405882/