Материал: Презентация №1

Внимание! Если размещение файла нарушает Ваши авторские права, то обязательно сообщите нам

Ogyust Kont:

«Pozitiv falsafa kursi» (1830-1842)

}O.Kont o‘zining 6 jildlik «Pozitiv falsafa kursi» asarining birinchi uch jildida «jamiyat to‘g‘risidagi haqiqiy fanni» «sotsial fizika» atamasi bilan qayd etdi. Lekin 1835 yilda belgiyalik astronom va statist Adolf Ketlening «Sotsial fizika yoki inson qobiliyatlarining rivoji haqidagi tadqiqotlar tajribasi» nomli ikki jildlik asarida ijtimoiy hayotni faqatgina statistik usullarga asoslanuvchi empirik tadqiqotlar orqali o‘rganish mumkinligi haqidagi fikrlar bayon etildi. Ogyust Kont jamiyat to‘g‘risidagi fan qayd etish bilan shug‘ullanishi emas, balki nazariy bo‘lishi lozim, deb hisoblar edi. Shuning uchun u «Pozitiv falsafa kursi» asarining 1839 yilda nashr etilgan 4-jildida, 47-ma'ruzada yangi termin – «sotsiologiya» terminini ishlatdi.

Ogyust Kont

}Kont bu yangi fanga nom berdi va uning asosiy chegaralarini belgiladi. «Sotsiologiya» termini unga tegishli bo‘lib, (lotincha societas – jamiyat, yunoncha logos – fan) jamiyat haqidagi fan ma'nosini anglatadi. 1830-yillarda ijtimoiy hayot muammolari alohida fan doirasida o‘rganilmagan, dunyoqarashning umumiy manzarasini tashkil etgan bo‘lsa, XIX asrning o‘rtalariga kelib sotsiologiya alohida fan sifatida tan olindi.

Jon Styuart Mill (1806-1873)

}O.Kont tomonidan taqdim etilgan pozitivizmni birinchi qo‘llab-quvvatlagan olimlardan biri Jon Styuart Mill (1806-1873) hisoblanadi.

}U – angliyalik faylasuf, iqtisodchi va jamoat arbobi. J.S.Mill O.Kont bilan bevosita tanish bo‘lgan, u bilan va unga atalgan ilk kitobni nashr ettirgan – «Ogyust Kont va pozitivizm» (1859).

}J.S.Mill Kont pozitivizmini qo‘llabquvvatlab, uning poztitiv fanlar klassifikatsiyasini siyosiy iqtisod, psixologiya va etika («etologiya») fanlari bilan boyitgan.

Sotsiologiyaning fan sifatida yuzaga kelishi omillar guruhlari:

ijtimoiytabiiyiqtisodiy ilmiy

g‘oyaviynazariy

} Зборовский Г.Е. История социологии: классический этап: учебник для вузов. 2-е изд. испр. и доп. – Сургут и [др.]: РИО СурГПУ, 2014. – С. 15-17.

Ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlar:

}XIX asrning 1-choragida kapitalizm tuzumi bilan bog‘liq rivojlanish kapitalistik mamlakatlarda, birinchi navbatda Angliya va Fransiyada ijtimoiy qarashlar va g‘oyalarda qaramaqarshiliklar yuzaga kelgan: fanning dastlabki yirik vakillari – O.Kont va G.Spenser yashaganligi va faoliyat olib borganligi tasodifiy holat hisoblanmaydi

}Chartistlar harakati, Fransiyada esa – Lionlik to‘qimachilarning qo‘zg‘oloni, Germaniyada Silez norozilik harakatlari

Источник: https://studfile.net/preview/16405882/