18-chizma. Ishlab chiqarish hajmining o’zgarishiga ta’siriga qarab xarajatlarni turkumlashIshlab chiqarishning har bir darajasida doimiy va o’zgaruvchan xarajatlar yig’indisi
umumiy yoki yalpi xarajatlarni tashkil qiladi.
O’rtacha umumiy xarajatlar yalpi (umumiy) xarajatlarning ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori nisbatiga teng.
6.4. Korxona (firma) ning pul tushumlari va foydasi.
Korxonalarning faoliyatiga baho berishda sotilgan mahsulotlarning hajmi, ularga qilingan sarf-xarajatlar va foyda tushunchalaridan keng foydalaniladi. Korxonalarda tovar va xizmatlarni sotishdan olingan mablag’lar ularning pul tushumlari yoki pul daromadlari deyiladi. Korxona, pul daromadlaridan sarflangan barcha xarajatlar chiqarib tashlangandan keyin qolgan qismi foyda deb yuritiladi. Ayrim adabiyotlarda bu iqtisodiy foyda deb ham yuritiladi.Foydaning tarkib topishi ikki bosqichdan o’tadi:
birinchi bosqichda foyda ishlab chiqarish jarayonida yangi qiymatning yaratilish chog’ida vujudga keladi. Yangidan yaratilgan qiymat tarkibidagi qo’shimcha qiymat foydaning asosiy manbai hisoblanadi, biroq u hali aniq foyda shaklida namoyon bo’lmaydi;
ikkinchi bosqichda ishlab chiqarish jarayonida yaratilgan foyda tovarlarni sotilgandan so’ng olingan pul daromadi bilan xarajatlarning farqi ko’rinishida to’liq namoyon bo’ladi.
Odatda ishlab chiqarish sohasidagi yirik korxonalar tovarlarni katta hajmda ishlab chiqarib, ularni savdo vositachilariga ulgurji narxlarda sotadilar. Shunga ko’ra, ular tovarning ulgurji narxi uning tannarxidan yuqori bo’lgan taqdirda foyda oladilar. Demak,
ishlab chiqaruvchi foydasi (Fich) – bu mahsulot tannarxi (Т) va ulgurji narxi (N
u) o’rtasidagi farqdan iborat:

.
Bundan ko’rinadiki, mahsulot birligidan olinadigan foyda ikkita asosiy omilga bog’liq bo’ladi: 1) mahsulot tannarxi darajasi; 2) ulgurji narxlar darajasi.
Тannarx – bu mahsulotni ishlab chiqarish uchun sarflangan xarajatlarning puldagi ifodasidir. Bu o’rinda mahsulot tannarxini uning qiymatidan farqlash lozim. Ma’lumki, mahsulot qiymati (Q) o’z ichiga sarflangan ishlab chiqarish vositalari qiymati (Q
IV) hamda yangidan yaratilgan qiymat (Q
Ya)ni to’liq oladi. O’z navbatida yangidan yaratilgan qiymat ish haqi (IH) va yalpi foydaga (F
ya) ajraladi.
Foyda miqdoriga ta’sir ko’rsatuvchi ikkinchi omil – bu korxona o’z mahsulotlarini sotuvchi narx darajasidir.
Korxona yalpi foydasining taqsimlanishi ham muhim ahamiyat kasb etadi (19-chizma). Chizmadan ko’rinadiki, eng avvalo yalpi foydadan boshqa iqtisodiy sub’ektlarga turli to’lovlar amalga oshiriladi. Bu to’lovlarga boshqalarning yer va binolaridan foydalanganlik uchun ijara haqi, qarzga olingan pul mablag’lari uchun to’lanadigan foizni kiritish mumkin. Bundan tashqari, korxonalar davlat va mahalliy hokimiyat organlari byudjetiga soliqlar to’laydilar, turli hayriya va boshqa fondlarga mablag’lar kiritadilar. Mablag’larning qolgan qismi korxona sof foydasini tashkil etadi. U korxonaning ishlab chiqarish va ijtimoiy ehtiyojlariga, shuningdek jamg’arish (ishlab chiqarishni kengaytirish)ga, atrof-muhit muhofazasi, xodimlarni tayyorlash va qayta tayyorlash va boshqa maqsadlarga sarflanadi.
Shuningdek, sof foydadan korxona egasi o’ziga tegishli bo’lgan tadbirkorlik daromadini ham oladi. Agar korxona hissadorlik jamiyati shaklida tashkil etilgan bo’lsa, u holda sof foydaning bir qismi barcha aksiyadorlar o’rtasida taqsimlanadi.
Korxona foydasining mutloq miqdori uning massasini tashkil qiladi. Foyda massasining ishlab chiqarish xarajatlariga nisbati va uning foizda ifodalanishi foyda normasi deyiladi. Amaliyotda foyda normasini hisoblashning ikki variantidan foydalaniladi. Bular foydaning joriy sarflarga - korxona xarajatlariga yoki avanslangan mablag’larga (asosiy va aylanma kapital) nisbatidir. Bular quyidagicha aniqlanadi:1.
,
bu yerda: R' – foyda normasi; P – foyda massasi; W – ishlab chiqarish xarajatlari;
2.
bu yerda: R' – foyda normasi; P – foyda massasi; Kavans (asosiy kapital+aylanma kapital) – korxona avanslangan mablag’lari yoki asosiy va aylanma kapitalning o’rtacha yillik qiymati.Foyda normasi ishlab chiqarilayotgan mahsulot hajmiga to’g’ri mutanosib hamda ishlab chiqarish xarajatlari yoki avanslangan mablag’lar qiymatiga teskari mutanosibdir. Shu tufayli foyda normasi korxona ish samaradorligining integral ko’rsatkichi hisoblanadi.
Тakrorlash uchun savollar va topshiriqlar:1.Тadbirkorlik faoliyatiga ta’rif bering.2.Тadbirkorlikning rivojlanish shart–sharoitlari nimalardan iborat?3.Тadbirkorlikning qanday shakllari mavjud?4.Тadbirkorlik kapitali nima? 5.Kapitalning aylanishiga tavsif bering. 6.Unumli kapital asosiy va aylanma kapitalga qanday mezonlar bo’yicha ajratiladi? 7.
Ishlab chiqarish sarf-xarajatlarining mohiyatini va tarkibini tushuntiring.8. Ichki va tashqi xarajatlar o’rtasidagi farq nimadan iboratligini misol orqali tushuntiring.9. O’rtacha doimiy, o’zgaruvchi va umumiy xarajatlarning mazmuni hamda ularning ahamiyatini tushuntirib bering.10. Foydaning mazmunini va manbaini tushuntiring.
7-mavzu. Ish haqi va mehnat munosabatlari. Agrar munosabatlar va agrobiznes.Reja: 7.1. Ish haqining iqtisodiy mazmuni va uni tashkil etish shakllari.
7.2. Mehnat munosabatlarining iqtisodiy mazmuni va kasaba uyushmalarining roli.
7.3. Agrar munosabatlar va ularning bozor tizimidagi xususiyatlari.
7.4. Renta munosabatlari.
7.5. Agrosanoat integratsiyasi va O’zbekistondagi agrar islohotlar.
Тayanch iboralar: ish haqi, vaqtbay ish haqi,ishbay ish haqi, nominal va real ish haqi, tarif tizimi, tarif-malaka ma’lumotnomalari, tarif setkasi, tarif stavkasi, mehnat shartnomalari, kasaba uyushmasi. agrar munosabatlar, yerga egalik qilish, tasarruf etish, undan foydalanish, ishlab chiqarish natijalarini o’zlashtirish, renta munosabatlari, differensial renta i va ii, absolyut (mutloq) renta, monopol renta, undirma sanoatda renta, agrosanoat majmuasi, ishlab chiqarish infratuzilmasi, ijtimoiy infratuzilma, agrosanoat integratsiyasi, agrobiznes.7.1. Ish haqining iqtisodiy mazmuni va uni tashkil etish shakllari.
Yaratilgan yalpi ichki mahsulotning uning ishlab chiqaruvchilari o’rtasida mehnatning miqdori, sifati va unumdorligiga qarab taqsimlanadigan qismi
ish haqi deb yuritiladi. Ish haqi hozirgi davrda barcha mamlakatlar iqtisodiyotida muhim o’rin tutadi.
Ish haqining mazmuni to’g’risidagi turli nazariyalarni, (turli mamlakatlardagi va o’z mamlakatimizdagi amaliyotni) umumlashtirib, quyidagi xulosalarni chiqarish mumkin. -
Ish haqi to’g’risidagi nazariyalarda unga bir tomonlama yondashish xususiyati mavjud bo’lib, uning murakkab va ko’p qirrali iqtisodiy jarayon ekanligi ozgina e’tibordan chetda qolgan. Lekin bu nazariyalarning har birida ish haqining u yoki bu tomoniga to’g’ri baho berilgan bo’lib, ularda foydalanish mumkin bo’lgan ijobiy mazmun mavjuddir.
-
Ish haqining umumiy darajasi har doim har bir mamlakatda iqtisodiyotning erishgan darajasiga, ya’ni umumiy mehnat unumdorligi, milliy mahsulot hajmi, uning aholi jon boshiga to’g’ri keladigan miqdoriga bog’liq bo’ladi. Chunki shu mahsulotlarning bir qismi mehnatning miqdori va sifatiga qarab taqsimlanadi. Shuning uchun ham u turli mamlakatlarda turli miqdorlarda bo’ladi.
-
Ish haqining miqdori ishchi kuchini takror ishlab chiqarishga, ishchining o’zini, oila a’zolarini boqishga yetadigan darajada bo’lishi lozim.
-
Ish haqining miqdori va darajasi ishchi kuchining malakasi, uning mehnati unumdorligi bilan bog’liq bo’ladi.
-
Ish haqining darajasi har bir firma yoki korxonada ishlab chiqarishning erishgan darajasi bilan, ya’ni ishlab chiqarilgan va sotilgan mahsulot hajmi va bir ishchiga to’g’ri kelgan miqdori bilan bog’liq bo’ladi. Shuning uchun ham u mehnat miqdori, malakasi bir xil bo’lsa-da, turli korxonalarda turlicha miqdorda bo’lishi mumkin.
Ushbu xulosalardan keyin ish haqining mazmuniga ta’rif berib aytish mumkinki,
ish haqi –
ishchi va xizmatchilarning mehnatining miqdori, sifati va unumdorligiga qarab, milliy mahsulotdan oladigan ulushining puldagi ifodasidir.Nominal ish haqi bu ma’lum vaqt davomida olingan pul summasi yoki pul shaklidagi ish haqi.
Real ish haqi – bu nominal ish haqiga sotib olish mumkin bo’lgan tovarlar va xizmatlar miqdori. Boshqacha aytganda real ish haqi – bu nominal ish haqining «xarid etish» qobiliyati.
Bu miqdorlar nisbatini formulada quyidagicha tasvirlash mumkin:

,
bu yerda: V
P - real ish haqi ; V
H - nominal ish haqi ; R - iste’mol buyumlari va xizmatlarning narx darajasi.
Nominal ish haqi ishlab topilgan pul daromadi darajasini, real ish haqi esa xodimlarning iste’moli va farovonlik darajasini tavsiflaydi.
Ishlab chiqarishning texnik asoslaridagi, ishchilar mehnatining mazmunidagi, ularga bilim berish va kasb-korlikka o’rgatish borasidagi o’zgarishlar munosabati bilan ish haqi shakli va tizimlari ham o’zgarib boradi.